Yevropa Chempionlar Ligasining 2026/27-yilgi mavsumi umumiy guruh bosqichida ishtirok etadigan barcha 36 jamoaning bo‘lajak raqiblari ma’lum bo‘ldi. Biroq dunyoning qimmatbaho futbolchilari orasida bu mavsum Yevropaning eng nufuzli turnirida qatnasha olmaydiganlar ham bor.
Transfermarkt portali YECHL yangi mavsumida qatnashmaydigan, ammo transfer qiymati 70 million yevrodan yuqori baholangan futbolchilardan iborat reytingini shakllantirdi. Ro‘yxatdan 11 nafar futbolchi o‘rin olgan va ularning 6 nafari Londonning “Chelsi” klubi vakillari hisoblanadi.
Reytingning birinchi o‘rinida yaqinda “aristokratlar” safiga kelib qo‘shilgan Morgan Rojers qayd etilgan — 110 million yevro. 2 va 4-o‘rinlarni ham London klubi vakillari egallagan. Koul Palmer, Moyzes Kaysedo va Enso Fernandesning bozor qiymati 100 milion yevroga baholangan.
Eng qimmat futbolchilar:
Morgan Rojers (“Chelsi”) — 110 million yevro;
Koul Palmer (“Chelsi”) — 100 million yevro;
Moyses Kaysedo (“Chelsi”) — 100 million yevro;
Enso Fernandes (“Chelsi”) — 100 million yevro;
Sandro Tonali (“Tottenhem”) — 80 million yevro;
Joao Pedro (“Chelsi”) — 80 million yevro;
Estevao (“Chelsi”) — 80 million yevro;
Kenan Yildiz (“Yuventus”) — 75 million yevro;
Morgan Gibbs-Uayt (“Nottingem Forest”) — 70 million yevro;
Adam Uorton (“Kristal Pelas”) — 70 million yevro;
Eli Junior Kroupi (“Bornmut”) — 70 million yevro.
Ro‘yxatdagi 11 futbolchining 10 nafari Angliya Premer Ligasida to‘p tepadi. Ularning aksariyati bu mavsum Yevropa klublari musobaqalarining hech birida ishtirok etmaydi. Ular orasida “Chelsi”, “Tottenxem” va “Nottingem Forest” futbolchilari bor.
Shu bilan birga, Eli Junior Krupi, Adam Uorton va Kenan Yildiz Yevropa Ligasida qatnashadi.
Ma’lumot uchun, 27-avgust kuni Chempionlar Ligasining 2026/27-yilgi mavsumi umumiy guruh bosqichiga qur’a tashlandi. Birinchi tur uchrashuvlari esa 8–10-sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.













