Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/09 19:00 OKMK - Xorazm
04/09 18:00 Bunyodkor - Surxon
04/09 19:00 Navbahor - Lokomotiv
04/09 19:00 Nasaf - Neftchi
04/09 20:15 Paxtakor - Andijon

A Seriyada jahon chempionatlarida o‘ynagan birorta ham italiyalik futbolchi qolmadi

A Seriyada jahon chempionatlarida o‘ynagan birorta ham italiyalik futbolchi qolmadi

Baho:
+ | -

A Seriyada jahon chempionatlarida ishtirok etgan birorta ham italiyalik futbolchi qolmadi. Bu qiziqarli faktni jurnalist Juzeppe Pastore ijtimoiy tarmoqlarida qayd etdi.

Bunday holat darvozabon Mattia Perin Turinning «Yuventus» klubidan Italiyaning ikkinchi divizionida o‘ynaydigan «Palermo»ga o‘tganidan, himoyachi Matteo Darmian esa Milanning «Inter» klubi bilan shartnomasi yakunlanganidan keyin erkin agentga aylanganidan so‘ng yuzaga keldi.

Perin va Darmian Italiya terma jamoasining 2014 yilgi jahon chempionati uchun qaydnomasidan joy olgan edi. O‘sha musobaqada «Skuadra Adzurra» guruhdan chiqa olmagan.

Shundan beri italiyaliklar jahon chempionatlariga boshqa saralana olmadi va so‘nggi uchta mundialni — 2018, 2022 va 2026 yillardagi turnirlarni o‘tkazib yubordi.

Joriy mavsum A Seriyasi uchun qayd etilgan 200 nafar italiyalik futbolchi orasida jahon chempionatlarida ishtirok etgan birorta ham futbolchi yo‘q.

Kiritildi: 15:58, 29.08.2026.
O'qildi: 1158 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик