«Manchester Siti» «Liverpul» hujumchisi Kodi Gakpo transferi bo‘yicha harakatlarini faollashtirdi.
Insayder Fabrisio Romano ma’lumotiga ko‘ra, «shaharliklar» 27 yoshli niderlandiyalik futbolchining vakillari bilan allaqachon kelishuvga erishgan. Manchester klubi Gakpo uchun 85 million funt sterling taklif qilishga tayyor.
«Liverpul» esa hujumchiga munosib o‘rinbosar topganidan keyingina uning transferiga rozilik berishi mumkin.
Gakponing mersisaydliklar bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 60 million yevroga baholamoqda.
2025/26 yilgi mavsumda Gakpo barcha musobaqalarda 52 ta o‘yinda ishtirok etib, 9 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
2026 yilgi jahon chempionatida esa niderlandiyalik forvard 4 ta uchrashuvda 3 ta gol va 1 ta assist qayd etdi.













