Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya 4-0 Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

Romano Balde va Dimarko almashinuvi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

Romano Balde va Dimarko almashinuvi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

So‘nggi vaqtlarda matbuotda Alexandro Balde va Federiko Dimarko ishtirokidagi ehtimoliy almashinuv haqida xabarlar tarqalmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, «Barselona» «Inter»ning italiyalik futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olish va bitimga asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotgan 22 yoshli Baldeni kiritishni rejalashtirayotgani aytilgan edi.

Biroq insayder Fabrisio Romano bu xabarlarni rad etdi. Uning ma’lum qilishicha, bunday almashinuv bo‘yicha hech qanday muzokara olib borilmayapti.

Yana bir taniqli insayder Nikolo Skira ham «Inter» Dimarko bilan xayrlashish niyatida emasligini ta’kidladi. Milan klubi 28 yoshli lateral bilan shartnomani uzaytirish borasida ish olib bormoqda.

Transfermarkt portali har ikki futbolchining bozor qiymatini 50 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 08:32, 30.08.2026.
O'qildi: 1252 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик