29 avgust kuni «Xall Siti» Angliya Premyer-ligasining 2-turida safarda «Koventri Siti»ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi.
O‘tgan mavsum yakunida APLga yo‘llanma olgan «yo‘lbarslar» yangi chempionatdagi ikkinchi ketma-ket g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Birinchi turda «Xall Siti» o‘z maydonida «Manchester Yunayted»ni sensasion tarzda 2:0 hisobida mag‘lub etgan edi.
Muvaffaqiyatli start jamoaga Premyer-liga tarixidan joy olish imkonini berdi.
Opta ma’lumotiga ko‘ra, APL tarixida chempionatga yangi chiqqan jamoalarning mavsumdagi dastlabki ikki o‘yinda g‘alaba qozonishi atigi to‘rt marta kuzatilgan: «Bolton Uonderers» 2001/02, «Xall Siti» 2016/17 va 2026/27 hamda «Xaddersfild Taun» 2017/18 yilgi mavsumlarda bunday natijani qayd etgan.













