«Yuventus» hujumchisi Jonatan Devid Madridning «Atletiko» klubiga o‘tishi mumkin.
Jurnalist Pedro Fulyana xabar berishicha, «matraschilar» hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun kanadalik futbolchini ustuvor nomzod sifatida belgilagan. Ayni paytda «Atletiko» Devid bo‘yicha «Yuventus» bilan aloqaga chiqqan.
Avvalroq «Yuventus» 26 yoshli futbolchi bilan xayrlashishga tayyor ekani haqida xabarlar tarqalgandi. Shuningdek, manbaga ko‘ra, Diyego Simeone «Yuventus»ga tegishli Niko Gonsalesni ham yana o‘z jamoasida ko‘rishni istamoqda.
Jonatan Devid 2025 yil yozida «Lill»dan erkin agent sifatida «Yuventus»ga o‘tgan. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 30 million yevroni tashkil etadi.













