Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy - O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

Kerrik «Manchester Yunayted» o‘yinini chuqurroq tahlil qilishga chaqirdi

Kerrik «Manchester Yunayted» o‘yinini chuqurroq tahlil qilishga chaqirdi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Karrik Angliya Premyer-ligasining 1-turida «Xall Siti»ga 0:2 hisobida uchralgan mag‘lubiyatni jamoaning harakat yoki ishtiyoq yetishmasligi bilan bog‘lash to‘g‘ri emasligini ta’kidladi.

Mutaxassisdan jamoaning bunday o‘yiniga nima sabab bo‘lgani so‘raldi.

«Siz anchadan beri futbol tomosha qilasiz, to‘g‘rimi? Jamoalar g‘alaba ham qozonadi, mag‘lub ham bo‘ladi. Bu faqat qanchalik harakat qilganingiz yoki qilmaganingizga bog‘liq emas. Sabablar juda ko‘p bo‘lishi mumkin. Men ularning barchasini tushuntirib o‘tirishim shart emas, chunki biz nimalar ustida ishlayotganimizni yaxshi bilamiz.

Jamoa mag‘lub bo‘lsa, darhol: «Bu noto‘g‘ri, u noto‘g‘ri, harakat yetishmadi, ishtiyoq kam bo‘ldi», deyish juda oson. Bu eng oddiy javob. Ammo futbol uchrashuvida natijaga salbiy ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan juda ko‘p omillar bor.

Ehtimol, avval ham xuddi shunday o‘ynab, 1:0 hisobida g‘alaba qozonganmiz va o‘shanda hamma: «Qanday ajoyib jamoa, qanday ajoyib murabbiy, qanday ajoyib futbolchilar», degan. Shuning uchun, mening nuqtai nazarimdan, tahlilda faqat natijaga qarab xulosa chiqarish to‘g‘ri emas.

Biz masalaga chuqurroq kirib, tafsilotlarni tahlil qilishimiz kerak. Xuddi shuningdek, g‘alaba qozonganimizda ham haddan tashqari xursand bo‘lib ketmasligimiz lozim, chunki o‘yinimizda hamma narsa mukammal bo‘lmaganini bilamiz», — dedi Karrik.

«Manchester Yunayted» bugun APL 2-turida o‘z maydonida «Ipsvich Taun»ni qabul qiladi.

Kiritildi: 13:49, 30.08.2026.
O'qildi: 911 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик