Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/09 00:00 Aston Villa 0-1 Arsenal
01/09 00:30 Barselona 5-2 Rayo Valyekano

Todibo «Lans»ga o‘tishga yaqin

Todibo «Lans»ga o‘tishga yaqin

Baho:
+ | -

«Vest Xem» himoyachisi Jan-Kler Todibo «Lans»ga ijara asosida o‘tishga yaqin. Bu haqda L’Équipe xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, kelishuvga futbolchini keyinchalik sotib olish huquqi kiritilmaydi. Fransiyalik himoyachi vatanga qaytish va Chempionlar ligasida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun maoshini kamaytirishga ham rozilik bildirgan.

Todiboga «Marsel» ham qiziqish bildirgan edi. Biroq klubning transfer bozoridagi muammolari «Lans» foydasiga ishlagan.

Kutilishicha, 26 yoshli futbolchi mavsum yakuniga qadar ijara asosida «Lans» safida to‘p tepadi.

Todibo 2024 yildan buyon «Vest Xem» sharafini himoya qilib kelmoqda. U avval «Nissa», «Barselona», «Benfika», «Shalke» va «Tuluza» klublarida ham o‘ynagan.

Kiritildi: 16:05, 30.08.2026.
O'qildi: 814 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик