Kirish Ro'yxatdan o'tish

Xabi Alonso Enso Fernandesning qaydnomaga kiritilmaganiga izoh berdi

Xabi Alonso Enso Fernandesning qaydnomaga kiritilmaganiga izoh berdi

Baho:
+ | -

«Chelsi» bosh murabbiyi Xabi Alonso Angliya Premyer-ligasida «Brayton»ga qarshi uchrashuv oldidan yarim himoyachi Enso Fernandesning vaziyatiga munosabat bildirdi.

Argentinalik futbolchi «Manchester Siti»ning unga qiziqish bildirayotgani haqidagi xabarlar fonida London klubining mazkur bahs uchun qaydnomasiga kiritilmadi.

«Biz jamoa uchun qaysi qaror yaxshiroq bo‘lishini baholayapmiz. Jamoa butun e’tiborini o‘yinga qaratishi kerak», — deya Alonso so‘zlarini keltiradi BBC Sport.

Shu tariqa, Fernandes «Chelsi»ning ketma-ket ikkinchi uchrashuvini o‘tkazib yuboradi. Avvalroq u Angliya Liga kubogida «Luton»ga qarshi bahs qaydnomasiga ham kiritilmagan edi.

So‘nggi kunlarda «Manchester Siti» 25 yoshli futbolchi transferi bo‘yicha harakatlarini faollashtirgani aytilmoqda. Xabarlarga ko‘ra, Ensoning o‘zi ham Manchester klubiga o‘tishga tayyor.

Kiritildi: 17:34, 30.08.2026.
O'qildi: 1554 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик