Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya 4-0 Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

Niderlandlar FIFA prezidenti Infantioga ishonchsizlik votumi bildirishni rasman ilgari surdi

Niderlandlar FIFA prezidenti Infantioga ishonchsizlik votumi bildirishni rasman ilgari surdi

Baho:
+1 | -

Niderlandiya Qirollik futbol ittifoqi (KNVB) rasmiy saytida amaldagi FIFA prezidenti Janni Infantioga bo‘lgan ishonch yo‘qolganini ma’lum qildi.

«Biz 2027 yildan boshlab FIFAga yangi rahbariyat kerak, deb hisoblaymiz. Biroq prezidentni oddiy almashtirishning o‘zi yetarli emas: FIFA boshqaruv tizimining o‘zi ham o‘zgarishi zarur», — deyiladi Niderlandiya tashkiloti bayonotida.

Niderlandiyaliklar Xalqaro futbol assosiasiyalari federasiyasi faoliyati bir shaxsning xohishiga bog‘liq bo‘lmasligi kerak, deb hisoblaydi. FIFA prezidenti, FIFA Kengashi, tashkilot Kongressi va bosh kotibning vazifalari hamda mas’uliyat sohalari aniq belgilanishi lozim.

FIFA irqchilik va kamsitishga qarshi yanada faol kurashishi, shuningdek, bolalar-o‘smirlar va ayollar futboli rivojiga ko‘proq mablag‘ ajratishi kerak.

Niderlandiya Qirollik futbol ittifoqi, shuningdek, dunyoning eng ommabop sportini kelgusida rivojlantirish masalalarini muhokama qilish mumkin bo‘lgan sammitni Amsterdamda o‘tkazishga tayyorligini bildirdi.

Kiritildi: 18:43, 30.08.2026.
O'qildi: 865 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик