Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/09 00:00 Aston Villa 0-1 Arsenal
01/09 00:30 Barselona 5-2 Rayo Valyekano

Benzema faoliyatini yakunlash variantini ham ko‘rib chiqmoqda

Benzema faoliyatini yakunlash variantini ham ko‘rib chiqmoqda

Baho:
+ | -

Karim Benzema "Al-Hilol"ni tark etishga tayyorlanmoqda. Fransiyalik hujumchining Saudiya Arabistoni klubi bilan shartnomasi yaqin vaqt ichida tomonlarning o‘zaro roziligi asosida bekor qilinishi kutilmoqda.

Jurnalist Ben Jeykobs ma’lumotiga ko‘ra, 38 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini "Ash-SHabab" ko‘rib chiqmoqda.

Ayni paytda Benzema kelajagi borasida yakuniy qaror qabul qilmagan. Forvard turli variantlarni, hatto professional faoliyatini yakunlash ehtimolini ham istisno etmayapti.

Benzema joriy yilning fevral oyida "Al-Ittihod"dan "Al-Hilol"ga ko‘chib o‘tgan edi.

"Real"ning sobiq hujumchisi Ar-Riyod klubi safida 16 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 09:52, 31.08.2026.
O'qildi: 829 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик