Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy 2-2 O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

Romero mashg‘ulotda Xulian Alvaresni qo‘llab-quvvatladi (+Video)

Romero mashg‘ulotda Xulian Alvaresni qo‘llab-quvvatladi (+Video)

Baho:
+ | -

«Atletiko» himoyachisi Kristian Romero jamoa mashg‘uloti vaqtida vatandoshi Xulian Alvaresni qo‘llab-quvvatladi.

Mashg‘ulot davomida Romero Alvaresga dalda berishga harakat qildi va u bilan ko‘p muloqotda bo‘ldi.

Xulian yaqinda kasallik sabab bir necha kunlik tanaffusdan so‘ng mashg‘ulotlarga qaytdi. Argentinalik hujumchi ketma-ket uchta mashg‘ulotni, shuningdek, «Sevilya»ga qarshi 3:1 hisobida yakunlangan uchrashuvni o‘tkazib yuborgan edi.

Romero esa joriy yozda «Tottenxem»dan «Atletiko» safiga ko‘chib o‘tdi. Shu tariqa, 2022 yilgi jahon chempionatida Argentina terma jamoasi bilan birgalikda g‘olib chiqqan ikki futbolchi endi klub miqyosida ham jamoadoshga aylandi.

Shu bilan birga, Xulian Alvaresning Madrid klubidagi kelajagi hanuz noaniq bo‘lib turibdi. «Barselona» hujumchi bilan bog‘liq vaziyatni kuzatishda davom etmoqda. Xabarlarga ko‘ra, Alvaresning o‘zi ham «Atletiko»ni tark etish niyatida.

Kiritildi: 18:46, 31.08.2026.
O'qildi: 2019 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик