Lionel Messining Argentina milliy terma jamoasidagi faoliyatini yakunlagani haqidagi ijtimoiy tarmoqdagi posti 7 soat ichida 9,7 million layk to‘pladi.
Ma’lum bo‘lishicha, Messi Argentina termasidan ketishi haqidagi xayrlashuv maktubini 21 iyul kuni yozgan, ammo uni faqat hozir ommaga e’lon qilgan.
Argentinalik yulduz milliy jamoa safida 2005 yil avgustidan buyon to‘p tepib keldi. U terma jamoa libosida jami 207 ta uchrashuvda maydonga tushib, 125 ta gol urdi va 68 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Messi faoliyati davomida oltita jahon chempionatida ishtirok etdi: 2006, 2010, 2014, 2018, 2022 va 2026 yillarda.
U 2022 yilda Argentina termasi bilan jahon chempioni bo‘ldi. 2014 va 2026 yilgi mundiallarda esa kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, Messi ikki bor — 2014 va 2022 yilgi jahon chempionatlarida turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.













