Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Chelsi» Robert Sanchesni «Komo»ga ijaraga berishga rozi bo‘ldi

«Chelsi» Robert Sanchesni «Komo»ga ijaraga berishga rozi bo‘ldi

Baho:
+ | -

«Chelsi» «Komo»ning darvozabon Robert Sanches bo‘yicha taklifini qabul qildi.

Insayder Fabrisio Romano ma’lumotiga ko‘ra, Italiya klubi 28 yoshli ispaniyalik golkiperni joriy mavsum oxiriga qadar ijara asosida o‘z safiga qo‘shib oladi. Klublar kelishuvning barcha asosiy shartlarini o‘zaro kelishib olgan.

Yaqinda «Chelsi» tarkibiga argentinalik darvozabon Emiliano Martines kelib qo‘shildi va u asosiy tarkibda Sanchesning o‘rnini egalladi.

Robert Sanchesning «Chelsi» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.

Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, ispaniyalik darvozabonning transfer qiymati 22 million yevroni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, «Komo» o‘tgan mavsum A Seriyani 4-o‘rinda yakunladi va klub tarixida ilk bor Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Kiritildi: 04:30, 01.09.2026.
O'qildi: 983 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик