«Bornmut» hujumchisi Eli Junior Krupi hamon «Arsenal»ning qiziqish doirasida qolmoqda.
Avvalroq «kanonirlar» fransuz futbolchisi uchun «Manchester Siti» va «Liverpul» bilan bir qatorda kurash olib borgan edi. Biroq Krupining jiddiy jarohat olishi va jarrohlik amaliyotiga muhtoj bo‘lishi uning joriy yozda klubini almashtirish imkoniyatini yo‘qqa chiqardi.
Transfer News Live’ning CaughtOffside’ga tayanib xabar berishicha, «Arsenal» kelajakda hujumchi transferiga yana qaytishi mumkin.
London klubi futbolchining to‘liq tiklanishi va yana optimal formaga kirishini kutishi mumkin.
Eli Junior Krupi o‘tgan mavsum Angliya Premyer-ligasida «Bornmut» safida 33 ta uchrashuvda maydonga tushib, 13 ta gol urdi.
Transfermarkt portali 20 yoshli futbolchining bozor qiymatini 70 million yevroga baholamoqda.













