«Portu» va «Milan» meksikalik hujumchi Santyago Ximenesning transferi bo‘yicha kelishuvga erishilganini rasman e’lon qildi.
Hozircha futbolchi Portugaliya klubiga ijara asosida o‘tmoqda.
«Milan»ning rasmiy bayonotida aytilishicha, Ximenes 2027 yil 30 iyunga qadar «Portu» safida ijara asosida to‘p tepadi.
Shuningdek, kelishuvda futbolchini to‘liq sotib olish huquqi ham ko‘zda tutilgan. Muayyan shartlar bajarilgan taqdirda esa bu opsiya majburiy xaridga aylanadi.
Santyago Ximenes «Milan» safiga 2025 yil yanvar oyida Niderlandiyaning «Feyenoord» klubidan ko‘chib o‘tgan edi.
Endi meksikalik hujumchi faoliyatini Portugaliya chempionatida davom ettiradi.













