«Bolonya» Italiya chempionatining 2-turida yana minimal hisobda mag‘lubiyatga uchradi.
Jamoa birinchi turda «Lasio»ga 0:1 hisobida yutqazgan bo‘lsa, bu safar «Atalanta»ga ham xuddi shu hisobda imkoniyatni boy berdi.
«Bolonya» bosh murabbiyi Domeniko Tedesko o‘yindan keyin natijaga munosabat bildirdi.
«Bu bilan murosa qilish qiyin. Hatto hisob 0:0 bo‘lib turganida ham bunday natija meni qoniqtirmayotgan edi.
Bugun 80 daqiqa davomida juda yaxshi o‘ynadik, keyin esa majburiy almashtirishlar qilishimizga to‘g‘ri keldi. Orsolini noqulaylik his qildi.
Oson bo‘lmadi, ammo biz ko‘plab vaziyatlar yaratdik. Faqat gol yetishmadi. «Lasio»ga qarshi o‘yinda ham xuddi shunday bo‘lgan edi.
Afsus. Bu ikki uchrashuvdan keyin 0 ochkoda qolishimiz shunchaki aql bovar qilmaydi», — dedi Tedesko.
Murabbiyning so‘zlarini calcioatalanta.it keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, «Bolonya» o‘tgan mavsum Italiya chempionatini 8-o‘rinda yakunlagan.













