Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/08 00:30 Selta 0-2 Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche 0-4 Roma
31/08 22:30 Osasuna 1-0 Xetafe
31/08 23:45 Atalanta 1-0 Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa 0-1 Arsenal
01/09 00:30 Barselona 5-2 Rayo Valyekano

US Open. O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi keyingi bosqichga yo‘l oldi

US Open. O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi keyingi bosqichga yo‘l oldi

Baho:
+ | -

AQSHning Nyu York shahrida yilning eng so‘nggi “Katta dubulg‘a” turniri — US Open boshlandi. O‘zbekistonlik birinchi raqamli tennischisi Mariya Timofeeva (dunyoning 86-raketkasi) birinchi bosqichda jahon reytingida 146-o‘rinni egallab turgan sloveniyalik Tamara Zidanshekka qarshi kortga chiqdi.

1 soat 9 daqiqa davom etgan bahsda Timofeeva sloveniyalik tennischini 6/2, 7/5 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Eyslar bo‘yicha o‘zbekistonlik raketka ustasi kichik ustunlikka erishdi — 2 ga 1. Zidanshik 3 marta qo‘shxatoga yo‘l qo‘ydi.

Mariya Timofeevaning 1/32 finaldagi raqibi 1 sentyabr kuni ispaniyalik Keytlin Kevedo (reytingdagi o‘rni 107) hamda belgiyalik Elis Mertens (20) o‘rtasidagi uchrashuvda aniqlanadi.

Ma’lumot uchun, yilning so‘nggi “Katta dubulg‘a” turnirining asosiy davrasida qatnashayotgan yana bir o‘zbekistonlik sportchi Kamilla Rahimova (dunyoning 92-raketkasi) 1-bosqichda jahon reytingida 29-pog‘onani egallab turgan chexiyalik Barbara Kreychikovani sensasion tarzda mag‘lubiyatga uchratdi.

Teng kurashlar ostida kechgan 1-set 7:6 hisobida Rahimovaning g‘alabasi bilan yakunlandi. U 2-setni to‘liq nazoratga oldi va 6:2 hisobida ustun kelib, bahsni o‘z foydasiga hal qildi.

AQSH ochiq chempionati mavsumdagi to‘rtinchi “Katta dubulg‘a” turniridir. Musobaqa qattiq qoplamali kortlarda o‘tkazilmoqda va 13 sentyabr kuni yakunlanadi. Turnirning umumiy mukofot jamg‘armasi 108 million dollarni tashkil etadi.

Ayollar o‘rtasidagi yakkalik bahslarining amaldagi g‘olibi belaruslik Arina Sabalenka hisoblanadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 10:22, 01.09.2026.
O'qildi: 767 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик