«Nyukasl» hujumchisi Nik Voltemade Turinning «Yuventus» klubiga o‘tish oldidan tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Italiyaga yo‘l oldi. Bu haqda insayder Nikolo Skira ijtimoiy tarmoqda xabar berdi.
Agar tibbiy ko‘rik muvaffaqiyatli o‘tsa, tomonlar kelishuvni rasmiylashtiradi. «Yuventus» nemis hujumchisini bir mavsumga ijaraga olish uchun ingliz klubiga 4 million yevro to‘laydi.
24 yoshli Voltemade o‘tgan yozda «Nyukasl» safiga qo‘shilgan edi. Uning «zag‘izg‘onlar» bilan amaldagi shartnomasi 2031 yil iyun oyi oxiriga qadar mo‘ljallangan.













