"Kristal Pelas"ning senegallik vingeri Ismaila Sarr transfer oynasining so‘nggi kunida jamoani tark etmaydi. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, "burgutlar" 28 yoshli futbolchini sotmasliklari haqida "Liverpul"ni xabardor qilgan. Avvalroq mersisaydliklar Sarr uchun 47 million yevro taklif qilgandi, ammo bu summa "Kristal Pelas" ko‘rib chiqishga tayyor bo‘lgan miqdordan ancha past ekani aytilmoqda.
Shu bilan birga, London klubi umuman olganda o‘z yetakchilaridan birini sotish variantini ko‘rib chiqmayapti.
Yangi mavsumda Sarr hali maydonga tushgani yo‘q. Uning "Kristal Pelas" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilga qadar mo‘ljallangan.
Transfermarkt mutaxassislari senegallik vingerning bozor qiymatini 45 million yevro deb baholamoqda.













