Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Chelsi" Robert Sanches uchun narx belgiladi

"Chelsi" Robert Sanches uchun narx belgiladi

Baho:
+ | -

Londonning "Chelsi" klubi o‘z darvozaboni Robert Sanchesni sotishga tayyor. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, "ko‘klar" Emiliano Martinesni xarid qilganidan so‘ng 28 yoshli ispaniyalik darvozabonni transferga qo‘ygan. Ta’kidlanishicha, poytaxt klubi Sanches uchun 24,5-28 million yevro miqdoridagi takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.

Ayni paytda futbolchi uchun "Tottenxem" va "Komo" klublari kurash olib bormoqda.

Joriy mavsumda Sanches Angliya Premyer-ligasida bitta o‘yinda ishtirok etib, o‘z darvozasidan ikki to‘p o‘tkazib yubordi. "Brayton"ga qarshi o‘tgan so‘nggi bahsda esa, "Chelsi" 4:3 hisobida g‘alaba qozonganiga qaramay, darvozabon o‘yin qaydnomasiga kiritilmadi.

Sanchesning "Chelsi" bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 13:12, 01.09.2026.
O'qildi: 863 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик