Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/09 19:00 OKMK 1-0 Xorazm
04/09 00:00 Real Sosyedad - Selta
04/09 18:00 Bunyodkor - Surxon
04/09 19:00 Navbahor - Lokomotiv
04/09 19:00 Nasaf - Neftchi
04/09 20:15 Paxtakor - Andijon
05/09 00:00 Betis - Real Madrid
05/09 00:00 Ipsvich - Liverpul
05/09 16:30 Nyukasl - Bornmut
05/09 18:00 Qo‘qon-1912 - Dinamo
05/09 18:00 So‘g‘diyona - Mash’al
05/09 19:00 Brentford - Sanderlend
05/09 19:00 Brayton - Lids
05/09 19:00 Fulhem - Kristal Pelas
05/09 19:00 Manchester Siti - Koventri Siti
05/09 19:00 Nottingem Forest - Tottenhem
05/09 19:15 Atletik Bilbao - Atletiko
05/09 20:15 Qizilqum - Buxoro
05/09 21:30 Rayo Valyekano - Rasing
05/09 21:30 Xall Siti - Aston Villa
06/09 00:00 Vilyarreal - Deportivo

FIDE reytingi yangilandi. Nodirbek Abdusattorov ko‘tarildi, Javohir Sindorov esa o‘z o‘rnini saqlab qoldi

FIDE reytingi yangilandi. Nodirbek Abdusattorov ko‘tarildi, Javohir Sindorov esa o‘z o‘rnini saqlab qoldi

Baho:
+ | -

Xalqaro shaxmat federasiyasi (FIDE ) 2026-yilning avgust oyi yakunlariga ko‘ra dunyoning eng kuchli shaxmatchilari reytingini e’lon qildi. Yangilangan ro‘yxatda O‘zbekiston vakillarining o‘tgan oydagi o‘rinlari va ochkolarida qator o‘zgarishlar qayd etilgan.

Ro‘yxatda norvegiyalik Magnus Karlsen 2823 ochko bilan birinchi o‘rinni saqlab qoldi. Ikkinchi o‘ringa 2792 ochko bilan AQSH vakili Hikaru Nakamura joylashdi (o‘tgan oyda 3-o‘rin). Uning hamyurti Fabiano Karuana esa ochkolari qisqargani hisobiga (2792 dan 2789 ga) 2-o‘rindan 3-pog‘onaga tushdi.

O‘zbekistonning birinchi raqamli shaxmatchisi Javohir Sindorov o‘z ochkolarini 2777 dan 2778 taga yetkazib, jahon reytingidagi 4-o‘rnini saqlab qoldi. Nodirbek Abdusattorovning ochkolari o‘zgarishsiz (2762) qolgan bo‘lsa-da, u umumiy ro‘yxatda 8-o‘rindan 7-pog‘onaga ko‘tarildi.

Kuchli yuztalikdan joy olgan boshqa shaxmatchilarning ko‘rsatkichlari o‘tgan oyga nisbatan quyidagicha o‘zgardi:

Nodirbek Yoqubboyev — 2685 ochko (ochko ham, 39-o‘rin ham o‘zgarishsiz qoldi);

Rustam Qosimjonov — 2665 ochko (ochko o‘zgarmadi, biroq 52-o‘rindan 48-pog‘onaga ko‘tarildi);

Shamsiddin Vohidov — 2654 ochko (o‘tgan oyda 2655 ochko edi, o‘rni o‘zgarmagan — 61-pog‘ona).

Ayollar reytingi va federasiyalar ko‘rsatkichi

Ayollar o‘rtasidagi Top-100 ro‘yxatida Afruza Hamdamova ochkolarini 2440 dan 2443 taga yetkazdi va 26-o‘rinda qoldi. Gulruhbegim Tohirjonova esa 2355 dan 2357 ochkoga ko‘tarilib, 82-o‘rindan 80-pog‘onaga ko‘tarildi.

Federasiyalar o‘rtasidagi umumiy reytingda O‘zbekiston terma jamoasi 2628 ochko bilan jahonda 6-o‘rinni egallab turibdi. Ushbu ro‘yxatda dastlabki uchta o‘rinni AQSH (2725 ochko), Hindiston (2705 ochko) va Xitoy (2664 ochko) jamoalari band etgan.

Kiritildi: 14:42, 01.09.2026.
O'qildi: 644 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик