Diario Sport ma’lumotiga ko‘ra, «Malyorka» «Barselona»ning yosh yarim himoyachisi Gilye Fernandes transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi.
18 yoshli «La Masiya» tarbiyalanuvchisi keyingi klubi masalasini hal qilish uchun bir muddatdan beri «Barsa Atletik» jamoasidan alohida mashg‘ulot olib borayotgan edi.
O‘tgan mavsum Segunda divizioniga tushib ketgan «Malyorka» futbolchining transferi uchun jami 4,5 million yevro to‘laydi. Ushbu summaning 3 million yevrosi kafolatlangan to‘lov, yana 1,5 million yevrosi esa bonuslardan iborat.
«Barselona» kelishuvga futbolchining keyingi transferidan 50 foiz ulush olish shartini ham kiritgan. Shuningdek, kataloniyaliklarda Gilye Fernandesni 20 million yevro evaziga qayta sotib olish huquqi bo‘ladi.
Yaqinda Gilyening amakivachchasi Toni Fernandes ham «Barselona»ni tark etib, «Venesiya» safiga qo‘shilgan edi.













