Skott Maktominay yurak bilan bog‘liq yengil aritmiya sabab operasiya qilinishi ma’lum qilindi.
"Napoli" klubi 29 yoshli yarimhimoyachi yaqin kunlarda puls ablyasiyasi (PFA) muolajasidan o‘tishini bildirdi.
Ushbu muolaja yurak xastaligini bartaraf etishga qaratilgan prosedura hisoblanadi. Klub ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining holati jiddiy emas va muolajadan so‘ng to‘liq tiklanishi kutilmoqda. Maktominay operasiya tufayli taxminan bir oy futboldan chetda bo‘ladi. U xalqaro tanaffusdan keyin maydonga qaytishi kutilmoqda.













