Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya 4-0 Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

«Komo» «Chelsi» darvozaboni Robert Sanchesni ijaraga oldi

«Komo» «Chelsi» darvozaboni Robert Sanchesni ijaraga oldi

Baho:
+ | -

«Komo» ispaniyalik darvozabon Robert Sanches bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi. Italiya klubi rasmiy sayti ma’lumotiga ko‘ra, 29 yoshli golkiper «Chelsi»dan 2026/27 yilgi mavsum oxiriga qadar ijara asosida o‘tdi.

Sanches «Levante» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, 15 yoshidan esa «Brayton» tizimida faoliyat olib borgan. «Forest Grin Rovers» va «Rochdeyl»dagi ijara davrlaridan so‘ng u «Brayton»ga qaytdi va 2020 yil noyabr oyida Angliya Premyer-ligasida debyut qildi. Keyinchalik jamoaning asosiy darvozaboniga aylandi.

2023 yil avgust oyida Sanches «Chelsi» safiga qo‘shildi. U London klubi bilan 2025 yilgi Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqdi. Musobaqada 6 ta o‘yinda maydonga tushgan darvozabon «Oltin qo‘lqop» sovriniga ham sazovor bo‘ldi.

Robert Sanches Ispaniya milliy terma jamoasi safida 2 ta o‘yin o‘tkazgan. Shuningdek, u Yevro-2020 va 2022 yilgi jahon chempionati uchun terma jamoa qaydnomasidan ham o‘rin olgan.

Kiritildi: 07:43, 02.09.2026.
O'qildi: 894 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик