Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/09 00:00 Aston Villa 0-1 Arsenal
01/09 00:30 Barselona 5-2 Rayo Valyekano

Pio Espozito «Inter» bilan shartnomasini uzaytirdi

Pio Espozito «Inter» bilan shartnomasini uzaytirdi

Baho:
+ | -

«Inter» hujumchisi Franchesko Pio Espozito Milan klubi bilan yangi shartnoma imzoladi. Bu haqda Football Italia xabar bermoqda.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, 21 yoshli forvard seshanba kuni 2032 yil yoziga qadar mo‘ljallangan yangi kelishuvni rasmiylashtirgach, klub ofisini tark etgan.

Espozitoning «Inter» bilan avvalgi shartnomasi 2030 yilga qadar amal qilardi. 2025/26 yilgi mavsumdagi muvaffaqiyatli o‘yinlari uchun futbolchining maoshi sezilarli darajada oshirildi.

Italiyalik hujumchi o‘tgan mavsum barcha musobaqalar doirasida 10 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, u Italiya milliy terma jamoasi tarkibidan ham muqim o‘rin egalladi.

Joriy mavsum boshida Espozito A Seriyada 2 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatma qayd etdi. Har ikki uchrashuvda ham u jamoa sardori Lautaro Martines bilan birga asosiy tarkibda maydonga tushdi.

Kiritildi: 07:48, 02.09.2026.
O'qildi: 321 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик