«Chelsi»dan «Tottenxem»ga ijara asosida o‘tgan ukrainalik vinger Mixail Mudrik yangi jamoasi muxlislariga murojaat qildi. Tomonlar ijara shartnomasini futbolchini keyinchalik sotib olish huquqi bilan tuzgan.
«Men to‘liq tayyorman va o‘zimni juda yaxshi his qilyapman. Jamoaga kreativ, tezlik va natija olib kelmoqchiman. Hujumda ham, himoyada ham yordam berishga tayyorman.
Muxlislarga o‘yinga olov qo‘shadigan vingerlarning harakati yoqadi. Sizlarning jamoangizga qo‘shilganimdan juda xursandman va iliq kutib olishingizni istayman. Futbolimdan zavq olishingiz uchun bor kuchimni beraman», — deya Mudrikning so‘zlarini klub matbuot xizmati keltirdi.
Qo‘shimcha qilib o‘tamiz, «Tottenxem» Mudrikni 87 million yevro evaziga to‘liq sotib olish huquqiga ega.













