Dani Sebalyos yana o‘zi uchun qadrdon bo‘lgan «Betis»ga qaytdi. Sevilya klubi «Real» va «Arsenal»ning sobiq yarim himoyachisini o‘z safiga qo‘shib olganini rasman e’lon qildi.
30 yoshli ispaniyalik futbolchi «Betis»ga erkin agent maqomida kelib qo‘shildi. Tomonlar o‘rtasidagi shartnoma uch mavsumga mo‘ljallangan.
O‘tgan mavsumda Sebalyos «Real» safida La Liganing 16 ta uchrashuvida maydonga tushdi. Ushbu bahslarda yarim himoyachi gol yoki golli uzatma qayd etmadi va 1 ta sariq kartochka oldi.
Qizig‘i, Sebalyosning «Betis»ga qaytishidan keyingi ilk katta sinovi aynan sobiq klubiga qarshi bo‘lishi mumkin. Sevilyaliklar navbatdagi uchrashuvni 4 sentyabr kuni o‘z maydonida Madridning «Real» klubiga qarshi o‘tkazadi.













