Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya 4-0 Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

Kefren Tyuram 4 oygacha safdan chiqdi

Kefren Tyuram 4 oygacha safdan chiqdi

Baho:
+ | -

«Yuventus» yarim himoyachisi Kefren Tyuram tizzasidan operasiya o‘tkazadi.

La Gazzetta dello Sport ma’lumotiga ko‘ra, fransuz futbolchisi bugun Lionga yetib boradi va ertaga tizza bo‘g‘imlari bo‘yicha mutaxassis Bertran Sonneri-Kotte qo‘l ostida operasiya qilinadi. So‘nggi mavsumlarda jarroh Bremer va Federiko Gattining ham tizzasidan operasiya o‘tkazgan.

Fransiyalik shifokor dushanba kuni Tyuramni ko‘rikdan o‘tkazib, operasiyani tavsiya qildi. Bu qaror o‘tgan mavsum oxirida boshlangan va konservativ davolash hamda yozgi tanaffusga qaramay, so‘nggi oylarda to‘liq bartaraf bo‘lmagan og‘riqlarga chek qo‘yish maqsadida qabul qilingan. 25 yoshli futbolchida patellofemoral sindrom tashxisi qo‘yilgan.

Tyuram «Yuventus»ning barcha o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazib yubordi. U A Seriyaning «Frozinone»ga qarshi birinchi tur uchrashuvida zaxira o‘rindig‘iga qaytdi, ammo «Parma»ga qarshi bahsda maydonga tushmadi.

Turinliklar murabbiylar shtabi bilan birgalikda muammoni hal qilishning yangi yo‘lini izlashga qaror qilgan. Mutaxassislar bilan maslahatlashuvlardan so‘ng eng maqbul usul jarrohlik aralashuvi deb topilgan.

Qayd etilishicha, Kefren Tyuramning safga qaytishi uchun kamida 4 oy kerak bo‘ladi.

Kiritildi: 15:21, 02.09.2026.
O'qildi: 509 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик