Mashhur statistik portal WhoScored Angliya chempionatining oylik ramziy terma jamoasi tarkibini e’lon qildi. Unda eng ko‘p o‘rin «Chelsi»ga tegishli bo‘lib, klubning 3 nafar futbolchisi bu ro‘yxatdan joy oldi.
Darvozabon:
-
Konstantinos Solakis («Xall Siti») — 7,92
Himoya:
-
Ben Uayt («Arsenal») — 7,51
-
Semi Adjayi («Xall Siti») — 7,67
-
Jeyms Tarkovski («Everton») — 7,64
-
Lyuis Xoll («Nyukasl») — 7,91
Yarim himoya:
-
Brunu Fernandesh («Manchester Yunayted») — 8,32
-
Vitali Yanelt («Brentford») — 8,00
-
Rayan Sherki («Manchester Siti») — 8,29
Hujum:
-
Koul Palmer («Chelsi») — 8,31
-
Joau Pedru («Chelsi») — 8,22
-
Morgan Rodjers («Chelsi») — 7,88.
Angliya chempionatining dastlabki ikki turida «Chelsi» «Brayton»ni 4:3, «Fulxem»ni esa 3:2 hisobida mag‘lub etdi. Londonliklar 6 ochko jamg‘argan holda turnir jadvali peshqadamlari qatorida bormoqda.













