«Real»ning sobiq yarim himoyachisi Luka Modrich Joze Mourinyuning Madrid klubi bosh murabbiyi lavozimiga qaytgani haqida fikr bildirdi.
«Mourinyu «Real» muxlislariga juda ko‘p quvonch olib keladi, Madrid jamoasi esa barcha musobaqalarda o‘ta xavfli bo‘ladi. U men uchun alohida qadrli inson, chunki bir paytlar mening transferim amalga oshishi uchun juda qattiq kurashgan. Bunday narsalar hech qachon unutilmaydi. Men u uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qilishga tayyorman. Doim unga eng yaxshi tilaklarni tilayman.
Menimcha, u aynan kerakli joyda. Chunki «Real» — dunyoning eng yaxshi klubi, Mourinyu esa futbol tarixidagi eng yaxshi murabbiylardan biri. Bu juda kuchli uyg‘unlik va u, albatta, boshqa jamoalarni qo‘rqitadi», — deya Modrichning so‘zlarini keltiradi AS nashri.
«Real» La Liganing dastlabki uch turida uchta g‘alaba qozondi va turnir jadvalida 2-o‘rinni egallab turibdi. Madridliklar to‘plar nisbati bo‘yicha «Barselona»dan ortda qolmoqda.













