Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya 4-0 Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

Lautaro Martines: «Jahon chempionatini juda yaxshi o‘tkazdim»

Lautaro Martines: «Jahon chempionatini juda yaxshi o‘tkazdim»

Baho:
+ | -

«Inter» va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lautaro Martines 2026 yilgi jahon chempionatidagi ishtirokini baholadi.

«Neradzurri» sardori Ispaniyaga qarshi boy berilgan finaldan tashqari, Argentina terma jamoasining mundialdagi barcha o‘yinlarida maydonga tushdi. Hujumchi musobaqa davomida 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

«Albatta, doim imkon qadar ko‘proq o‘ynashni xohlaysiz. Ammo Argentina terma jamoasida haqiqiy chempionlar va juda yuqori saviyadagi futbolchilar ko‘p. Men murabbiyning tanlovini hurmat qilaman. O‘ylaymanki, jahon chempionatini juda yaxshi o‘tkazdim.

Men uchun 2022 yil Qatardagi jahon chempionatidan keyin o‘zimni oqlash juda muhim edi. O‘sha musobaqaga eng yaxshi holatda bormagan edim. Bu safar esa imkoni boricha yaxshi tayyorlandim, ayniqsa ruhiy jihatdan», — dedi Lautaro.

Eslatib o‘tamiz, Argentina terma jamoasi JCH-2026 finalida Ispaniyaga minimal hisobda mag‘lub bo‘lgan edi.

Kiritildi: 07:41, 03.09.2026.
O'qildi: 643 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик