Markaziy himoyachi Federiko Gatti «Yuventus» safida qoladi. Bu haqda insayder Nikolo Skira ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.
28 yoshli italiyalik futbolchiga «Portu» qiziqish bildirgan. Tomonlar yozgi transfer oynasining so‘nggi kunlarida muzokara olib borgan, ammo kelishuv shartlari bo‘yicha bir to‘xtamga kela olmagan.
Shu tariqa, Gatti kamida yanvar oyiga qadar «Yuventus»da qoladi.
Eslatib o‘tamiz, Federiko Gatti 2022 yil qishidan buyon Turin klubi sharafini himoya qilib kelmoqda. O‘tgan mavsumda u «Yuventus» safida 28 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urgan.
Futbolchining bozor qiymati 14 million yevroga baholanmoqda.













