"PSJ" bosh murabbiyi Luis Enrike Bredli Barkolyaning jamoani tark etishi barcha tomonlar uchun eng yaxshi qaror bo‘lganini aytdi.
23 yoshli Fransiya terma jamoasi vingeri shu yozda 125+20 million yevro evaziga "Liverpul"ga o‘tgan edi.
"Menimcha, bu qarordan barcha tomonlar yutadi. U ketishni xohladi, chunki jamoada yanada muhimroq rol o‘ynashni istardi. Ammo bunday maqomni mashg‘ulotlardagi mehnat orqali qo‘lga kiritish kerak, men esa hech kimga bunday rolni oldindan va’da qila olmayman.
U biz uchun juda muhim futbolchi edi, shu bilan birga ajoyib inson. Jamoadoshlari ham uni yaxshi ko‘rishardi. Uning shartnomasi tugashiga yana ikki yil bor edi, ammo u ketishga qaror qildi va men unga faqat yaxshilik tilayman.
Biz buni qabul qilishimiz kerak. Kelajakda ham klub uchun juda muhim bo‘lgan futbolchilarning ketishi tabiiy hol. Hayot shunday", — dedi Enrike "Monako"ga qarshi o‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida.













