Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya 4-0 Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

FIFA UYEFAni aybladi

FIFA UYEFAni aybladi

Baho:
+ | -2
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

FIFA AQSH sudidan UYEFAning FIFA Forward Enterprise loyihasi bilan bog‘liq hujjatlarni ochib berish haqidagi talabini rad etishni so‘radi. Bu haqda The Athletic xabar berdi. Nashr qo‘liga FIFA tomonidan Nyu-York sudiga taqdim etilgan materiallar kelib tushgan.

Avvalroq UYEFA Jahon chempionatiga bo‘lgan huquqlarning bir qismini xususiy investorlarga sotish ehtimoli bilan bog‘liq hujjatlarni taqdim etishni talab qilgan edi. Yevropa tashkiloti ushbu talabni FIFA prezidenti Janni Infantinoning ehtimoliy jinoiy ishi bilan bog‘lagan.

FIFA UYEFAning harakatlarini tashkilot va uning rahbariyatiga qarshi kampaniyaning bir qismi deb hisoblamoqda. Federasiya shuningdek, hozircha bunday jinoiy ish mavjud emasligi va UYEFA uni boshlash vakolatiga ega emasligini ta’kidladi.

Bundan tashqari, FIFA UYEFAni loyihani amalga oshirishga to‘sqinlik qilishga urinishda aybladi. Tashkilot fikricha, kichik futbol assosiasiyalariga qo‘shimcha mablag‘ ajratilishi rivojlanayotgan mamlakatlar raqobatbardoshligini oshirishi va Yevropa futboli ta’sirini susaytirishi mumkin.

Kiritildi: 07:23, 04.09.2026.
O'qildi: 746 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик