Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya 4-0 Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

Muhammadqodir Hamraliyev "Lokomotiv"ga qarshi o‘yin oldidan muxlislarga murojaat qildi

Muhammadqodir Hamraliyev "Lokomotiv"ga qarshi o‘yin oldidan muxlislarga murojaat qildi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasining 20-turidan o‘rin olgan "Navbahor" — "Lokomotiv" uchrashuvi oldidan namanganliklar himoyachisi Muhammadqodir Hamraliyev bo‘lajak bahs haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

25 yoshli futbolchining ta’kidlashicha, "Lokomotiv" joriy mavsumni xorijlik murabbiy qo‘l ostida yaxshi o‘tkazmoqda va turnir jadvalida yuqori o‘rinlardan birini egallab turibdi. Shu sababli Hamraliyev Namangandagi bellashuv keskin va murosasiz kurashlarga boy bo‘lishini kutmoqda.

"Jamoamiz qatorasiga 6 ta bahsda g‘alaba qozondi. "Lokomotiv"ga qarshi o‘yinda ham ushbu yoqimli an’anani va g‘alabali seriyamizni davom ettirish niyatida maydonga tushamiz", — dedi Hamraliyev.

Himoyachi jamoaning so‘nggi natijalarida Namangan muxlislarining qo‘llab-quvvatlashi ham muhim o‘rin tutayotganini alohida ta’kidladi.

"O‘z uyingda devorlar ham yordam beradi, deyishganidek, Namangandagi muvaffaqiyatlarimizda muxlislarning qo‘llab-quvvatlashi muhim omil bo‘lmoqda. "Lokomotiv"ga qarshi o‘yinda ham ishqibozlar stadionni to‘ldirib, jamoamizni munosib qo‘llab-quvvatlashadi va g‘alabamizga madadkor bo‘lishadi, degan umiddaman. Biz esa ularning ishonchini oqlash uchun barcha imkoniyatimizni ishga solamiz", — dedi "Navbahor" futbolchisi.

"Navbahor" — "Lokomotiv" uchrashuvi bugun, 4 sentyabr kuni soat 19:00 da boshlanadi.

Manba: "Навбаҳор" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 10:44, 04.09.2026.
O'qildi: 700 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик