Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

"Barselona" Jezusning tizzasini sinchiklab tekshirdi va transferga rozilik berdi

"Barselona" Jezusning tizzasini sinchiklab tekshirdi va transferga rozilik berdi

Baho:
+ | -

"Barselona" hujum chizig‘ini Gabriel Jezus bilan kuchaytirdi. Kataloniyaliklar dastlab Xulian Alvares transferi ustida ishlagan, biroq "Atletiko" bilan kelishuvga erishish qiyinlashgach, e’tiborini braziliyalik forvardga qaratgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Jezusning o‘zi "Barselona" safida to‘p tepish istagini bildirgan. Bosh murabbiy Hansi Flik va sport direktori Deku ham futbolchining imkoniyatlarini yuqori baholab, uning transferiga ijobiy munosabat bildirgan.

Shu bilan birga, kataloniyaliklar kelishuvni yakuniy bosqichga olib chiqishdan avval 29 yoshli hujumchining jismoniy holatiga alohida e’tibor qaratgan. Xususan, uning tizzalari batafsil tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilgan. Shifokorlardan ijobiy xulosa olingach, transferga "yashil chiroq" yoqilgan.

Kelishuv "Barselona" uchun moliyaviy jihatdan ham maqbul shartlarda amalga oshirildi. Jezus Kataloniya klubiga o‘tish uchun maoshini kamaytirishga rozi bo‘ldi.

Braziliyalik futbolchi "Barselona" bilan uch mavsumga — 2029 yilga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.

Kiritildi: 13:50, 04.09.2026.
O'qildi: 1017 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик