Kirish Ro'yxatdan o'tish

APL. Bugun 3-turga start beriladi

APL. Bugun 3-turga start beriladi

Baho:
+ | -

Bugun, 4 sentyabr kuni Angliya Premyer-ligasining 2026/27 mavsumi 3-tur bahslariga start beriladi. Tur uchrashuvlari juma, shanba va yakshanba kunlari o‘tkaziladi.

3-tur pardasi "Ipsvich" — "Liverpul" uchrashuvi bilan ochiladi. Bahs Angliya vaqti bilan soat 20:00 da, Toshkent vaqti bilan 00:00 da boshlanadi.

Shanba kuni yettita o‘yin rejalashtirilgan. "Manchester Siti" o‘z maydonida "Koventri"ni qabul qilsa, "Tottenxem" "Nottingem Forest" mehmoni bo‘ladi. Shuningdek, "Nyukasl" — "Bornmut", "Brentford" — "Sanderlend", "Brayton" — "Lids", "Fulxem" — "Kristal Pelas" va "Xall Siti" — "Aston Villa" bahslari o‘tkaziladi.

Turning asosiy e’tiborga molik uchrashuvlari yakshanbaga to‘g‘ri keladi. "Manchester Yunayted" "Everton" mehmoni bo‘lsa, Londonda "Arsenal" va "Chelsi" o‘zaro to‘qnash keladi.

APL, 3-tur:

4 sentyabr:
"Ipsvich" — "Liverpul"

5 sentyabr:
"Nyukasl" — "Bornmut"
"Brentford" — "Sanderlend"
"Brayton" — "Lids"
"Fulxem" — "Kristal Pelas"
"Manchester Siti" — "Koventri"
"Nottingem Forest" — "Tottenxem"
"Xall Siti" — "Aston Villa"

6 sentyabr:
"Everton" — "Manchester Yunayted"
"Arsenal" — "Chelsi". 

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 14:40, 04.09.2026.
O'qildi: 886 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик