Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya 4-0 Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

"Nasaf" — "Neftchi": o‘zaro o‘yinlarda kuchlar deyarli teng

"Nasaf" — "Neftchi": o‘zaro o‘yinlarda kuchlar deyarli teng

Baho:
+ | -

Bugun, 4 sentyabr kuni O‘zbekiston Superligasining 20-turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuvlardan biri Qarshida bo‘lib o‘tadi. "Nasaf" o‘z maydonida "Neftchi"ni qabul qiladi.

Uchrashuv soat 19:00 da Qarshi markaziy stadionida boshlanadi va Futbol TV telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi.

Jamoalar shu kunga qadar barcha musobaqalar doirasida 55 marta o‘zaro to‘qnash kelgan. Bu borada kuchlar deyarli teng: "Nasaf" 22 ta, "Neftchi" esa 21 ta uchrashuvda g‘alaba qozongan. Yana 12 ta bahsda durang qayd etilgan.

To‘plar nisbatida qarshiliklar ustun — "Nasaf" raqib darvozasiga 69 ta gol urgan, farg‘onaliklar esa 61 marta javob qaytargan.

O‘zaro uchrashuvlarda "Nasaf"ning eng yirik g‘alabasi 4:1 hisobida qayd etilgan. "Neftchi" esa qarshiliklarni eng katta hisobda 4:0 natijasi bilan mag‘lub etgan.

Bugungi bahs "Nasaf" va "Neftchi" o‘rtasidagi 56-uchrashuv bo‘ladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 15:02, 04.09.2026.
O'qildi: 1004 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик