Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/09 00:00 Espanyol 1-1 Sevilya
07/09 21:30 Kalyari 1-0 Lechche
07/09 22:00 Xetafe 1-1 Selta
07/09 23:45 Udineze - Lasio
08/09 00:30 Elche - Real Sosyedad
09/09 18:30 OKMK - Paxtakor
09/09 19:00 Neftchi - Surxon
09/09 20:00 Nasaf - Bunyodkor

Kerrik Brunu Fernandeshni maqtadi: "U har kuni namuna ko‘rsatadi"

Kerrik Brunu Fernandeshni maqtadi: "U har kuni namuna ko‘rsatadi"

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Maykl Kerrik yozgi transferlardan keyin jamoa tarkibi kuchayganiga ishonch bildirdi. U klubning 118 million funtlik sof xarajatlarini ham himoya qildi.

"Menimcha, biz jamoaga juda yaxshi futbolchilarni olib keldik va tarkibni turli jihatdan kuchaytirdik — ham individual, ham jamoaviy nuqtai nazardan. Transfer oynasiga kirganda, uni boshlagan paytingizdagidan kuchliroq holda chiqishni istaysiz. Men biz bunga erishganimizga ishonaman", — dedi Kerrik o‘z jamg‘armasi tashkil etgan xayriya golf tadbirida.

"Yunayted" yozda asosiy e’tiborni yarim himoya chizig‘ini yangilashga qaratdi. Jamoa Andrey Santos, Yuri Tilemans va Karlos Balebani o‘z safiga qo‘shdi. Darvozabon Karl Darlou esa erkin agent sifatida keldi.

Manchesterliklar mavsumning birinchi turida APLga yangi chiqqan "Xall Siti"ga mag‘lub bo‘ldi, keyin esa o‘z maydonida "Ipsvich"ni 5:2 hisobida yengdi.

Kerrik jamoaning qiyin vaziyatlarga munosabatini ham alohida ta’kidladi:

"Men qaytib kelganimdan va jamoani yig‘ganimizdan beri bir necha o‘yinda mag‘lub bo‘ldik, ba’zi omadsizliklar ham bo‘ldi. Ammo futbolchilarning bunday vaziyatlarga qanday javob qaytargani bizga katta ishonch bermoqda. Eng ko‘p xursand qilgan narsa — ularning mentaliteti".

"Ipsvich"ga qarshi o‘yinda asosiy e’tibor Brunu Fernandeshga qaratildi. U xet-trik qayd etdi va Brian Mbyomo goliga assist berdi. Gari Nevill uni Aleks Fergyuson ketganidan keyingi "Yunayted"ning eng yaxshi transferi deb atadi.

"U biz uchun qanchalik muhim ekanini va jamoaga qanday ta’sir o‘tkazishini hamma ko‘rib turibdi. U buni uzoq vaqtdan beri namoyish qilib kelyapti. Brunu har kuni namuna ko‘rsatadi, mashg‘ulotlarda yaxshi ishlaydi, munosabati juda to‘g‘ri va g‘alaba qozonishga juda chanqoq", — dedi Kerrik.

Murabbiyning fikricha, mavsum davomida jamoa sardoridan yana ko‘plab yorqin o‘yinlar kutish mumkin.

Kiritildi: 15:25, 04.09.2026.
O'qildi: 565 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик