Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya 4-0 Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

"So‘g‘diyona" — "Mash’al": 20-tur bahsi oldidan o‘zaro statistika

"So‘g‘diyona" — "Mash’al": 20-tur bahsi oldidan o‘zaro statistika

Baho:
+ | -

Bugun, 5 sentyabr kuni O‘zbekiston Superligasining 20-turi doirasida "So‘g‘diyona" va "Mash’al" jamoalari o‘zaro to‘qnash keladi. Uchrashuv soat 18:00 da Zomin stadionida boshlanadi.

Jamoalar shu kunga qadar 34 marta o‘zaro maydonga tushgan. Bu uchrashuvlarning 14 tasida "Mash’al", 10 tasida "So‘g‘diyona" g‘alaba qozongan. Yana 10 ta bahsda kuchlar teng kelgan.

To‘plar nisbati ham muborakliklar foydasiga — 43:36.

"So‘g‘diyona"ning mazkur raqib ustidan eng yirik g‘alabasi 3:0 hisobida qayd etilgan. "Mash’al" esa o‘zaro qarama-qarshilikda 5:1 hisobidagi eng yirik g‘alabaga ega.

Bugungi bahs jamoalarning o‘zaro 35-uchrashuvi bo‘ladi. Ayni paytda "So‘g‘diyona" 19 o‘yindan keyin 24 ochko bilan 10-o‘rinda, "Mash’al" esa 4 ochko bilan turnir jadvalining so‘nggi pog‘onasida bormoqda. 

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 13:53, 05.09.2026.
O'qildi: 634 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик