«Monako» markaziy yarim himoyachisi Aleksandr Golovin Fransiya Ligasi 1 chempionatining 3-turida «PSJ»ga qarshi uchrashuv natijasini sharhladi.
Monegasklar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Rossiyalik futbolchi golli uzatma amalga oshirdi.
«Biz bu chaqiriqni munosib qabul qilganimiz va murakkab vaziyatda o‘zimizni juda yaxshi ko‘rsatganimizdan xursandman. O‘z vaziyatlarimizdan juda yaxshi foydalandik, hisobda oldinga chiqqach esa aql bilan himoyalandik», — deya futbolchining so‘zlarini «SE» keltirdi.
«Monako» 9 ochko bilan Fransiya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. «PSJ» esa 2 ochko bilan 12-o‘rinda bormoqda.













