Kirish Ro'yxatdan o'tish

Yashari «Milan» safida yetarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni maqsad qilgan

Yashari «Milan» safida yetarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni maqsad qilgan

Baho:
+ | -

«Milan» yarimhimoyachisi Ardon Yashari yozgi transfer oynasida «Yuventus» qiziqishiga qaramay, jamoada qolishga qaror qilganini aytdi.

Shveysariyalik futbolchi «Milan» bosh murabbiyi Ruben Amorim klubga tayinlanganidan so‘ng u bilan suhbatlashgani va shu muloqotdan keyin klubda qolishi aniq bo‘lganini ta’kidladi. Yasharining aytishicha, u «Yuventus» yoki boshqa klubga o‘tish variantini hatto jiddiy ko‘rib chiqmagan va «Milan» safida yetarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni maqsad qilgan.

24 yoshli futbolchi jamoada doimiy asosiy tarkibda o‘ynash kafolatlanmagani muammo ekanini tan oldi va o‘z darajasini ko‘rsatish uchun muntazam ravishda maydonga tushishi kerakligini bildirdi.

U Amorimning o‘yin uslubi «Milan»ga mos kelishini, jamoa bu tizimga ishonib, har bir mashg‘ulotda yanada takomillashishi zarurligini aytdi.

 

Kiritildi: 16:47, 05.09.2026.
O'qildi: 843 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик