Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya 4-0 Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

Ozarbayjon chempionati. Rahmonaliyev assist bergan o‘yinda "Sabah" "Zira"ni tor-mor etdi

Ozarbayjon chempionati. Rahmonaliyev assist bergan o‘yinda "Sabah" "Zira"ni tor-mor etdi

Baho:
+ | -

Ozarbayjon Premyer-ligasining 4-turida "Sabah" o‘z maydonida "Zira"ni qabul qilib, 5:0 hisobida yirik g‘alabaga erishdi.

Mezbonlar uchrashuv taqdirini amalda birinchi bo‘limdayoq hal qildi. 7-daqiqada Shimich hisobni ochgan bo‘lsa, 13-daqiqada Mikels penaltidan ustunlikni oshirdi. 30-daqiqada u yana bir bor raqib darvozasini ishg‘ol qilib, dubl qayd etdi.

Aynan "Sabah"ning uchinchi golida O‘zbekiston milliy jamoasi yarim himoyachisi Umarali Rahmonaliyev assistentlik qildi. Hamyurtimiz uchrashuvni asosiy tarkibda boshlab, 65-daqiqada zaxiraga olindi.

Ikkinchi bo‘limda ham "Sabah" hujumkorlikni pasaytirmadi. 51-daqiqada Nvachukvu hisobni 4:0 ko‘rinishiga keltirgan bo‘lsa, 57-daqiqada Mikels uchinchi golini urib, xet-trikni rasmiylashtirdi — 5:0.

"Sabah" chempionatdagi uchinchi o‘yinida uchinchi g‘alabasini qo‘lga kiritib, 9 ochko bilan turnir jadvali peshqadamiga aylandi. Jamoa raqiblariga nisbatan bir o‘yin kam o‘tkazgan. "Zira"da ham 9 ochko bor, ammo to‘plar nisbati bo‘yicha ikkinchi o‘rinda. "Zira" mazkur bahsgacha chempionatdagi dastlabki uch uchrashuvining barchasida g‘alaba qozongan edi. 

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 22:01, 05.09.2026.
O'qildi: 1005 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик