«Bavariya» darvozaboni Manuel Noyer Bundesliganing 2-turida «Shalke 04» safida harakat qilgan Loris Kariusning o‘yinini yuqori baholadi. Uchrashuv 0:0 hisobida yakunlandi va Gelzenkirxen klubi amaldagi chempiondan ochko tortib oldi.
«Loris Karius juda yaxshi o‘ynadi va, shubhasiz, bahsning eng yaxshi futbolchisi degan nomga munosib bo‘ldi. Bizda uchta juda yaxshi golli vaziyat bor edi, ammo u ularning barchasini bartaraf etdi. Bu, albatta, nega g‘alaba qozona olmaganimizning asosiy omillaridan biri bo‘ldi», — dedi Noyer klub rasmiy saytiga bergan intervyusida.
«Ehtimol, ayrim xavfli vaziyatlarda bizga nimadir yetishmadi. Bundan tashqari, o‘yinda 15 daqiqalik shunday palla bo‘ldiki, biz maydonda optimal joylasha olmadik va raqibga muammo tug‘dirishimizga yordam beradigan tezkor paslar yetishmadi. Qolgan jihatlarda esa statistika bizning foydamizga», — deya qo‘shimcha qildi u.
«Bavariya» 4 ochko bilan turnir jadvalida 4-o‘rinni egallab turibdi.













