Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/09 00:00 Espanyol 1-1 Sevilya
07/09 21:30 Kalyari 1-0 Lechche
07/09 22:00 Xetafe 1-1 Selta
07/09 23:45 Udineze 1-2 Lasio
08/09 00:30 Elche 2-3 Real Sosyedad
09/09 18:30 OKMK - Paxtakor
09/09 19:00 Neftchi - Surxon
09/09 20:00 Nasaf - Bunyodkor

Kivu: «2:2dan keyin Italiyada deyarli uchramaydigan holatni ko‘rdik»

Kivu: «2:2dan keyin Italiyada deyarli uchramaydigan holatni ko‘rdik»

Baho:
+ | -

«Inter» bosh murabbiyi Kristian Kivu Italiya chempionatining 3-turida «Napoli» ustidan qozonilgan 3:2 hisobidagi irodali g‘alabadan so‘ng fikr bildirdi.

«Avvalo, 0:2 hisobida ortda qolganimizdan keyingi reaksiyamizni alohida ta’kidlamoqchiman. O‘yin boshida o‘z futbol falsafamizga sodiq qolishni istadik, jasur va sifatli harakat qildik. «Napoli» bizga bosim o‘tkazdi va qarshi hujumdan gol urdi, ustiga-ustak, ikki marta rikoshet ham ularning foydasiga ishladi», — deya Kivuning so‘zlarini Calcio Napoli 24 keltirmoqda.

«Biz parokanda bo‘lib ketmadik, sur’atni oshirdik va qanotlardan faolroq foydalanishga harakat qildik. Maydonda yuqori saviyali futbolchilarimiz bor edi. Hisobni 1:2ga keltirgan gol bizga qo‘shimcha kuch berdi va biz tavakkalga qo‘l urdik. Oxir-oqibat bu o‘zini oqladi.

Hisob 2:2 bo‘lganidan keyin esa Italiyada deyarli hech qachon ko‘rmaydigan holatga guvoh bo‘ldik: odatda jamoalar bunday paytda durangga rozi bo‘ladi. Bu safar esa o‘yin har qanday natija bilan yakunlanishi mumkin edi», — dedi Kivu.

«Inter» 9 ochko bilan turnir jadvalida 1-o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 05:06, 06.09.2026.
O'qildi: 741 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик