Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Arsenal» Gimaraes o‘rniga yana uch qimmat futbolchini ko‘rib chiqqan

«Arsenal» Gimaraes o‘rniga yana uch qimmat futbolchini ko‘rib chiqqan

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi o‘tgan yozda Bruno Gimaraes o‘rniga boshqa yarim himoyachini ham xarid qilishi mumkin edi.

Avgust oyi boshida «kanonirlar» braziliyalik futbolchini «Nyukasl»dan 87,5 million yevroga sotib oldi.

Jurnalist Sami Mokbel ma’lumotiga ko‘ra, poytaxt klubi vakillari «Nyukasl»ning yana bir yarim himoyachisi Sandro Tonali, «Bornmut» futbolchisi Aleks Skott va «Aston Villa»dan Amadu Onana nomzodlarini ham jiddiy ko‘rib chiqqan.

Belgiyalik Onana iyul oyi boshiga qadar «Arsenal» qiziqish doirasida bo‘lgan, ammo keyinchalik xochsimon pay jarohati sabab safdan chiqqan.

Bruno Gimaraes yangi mavsumda Mikel Arteta jamoasi safida ikkita o‘yin o‘tkazdi.

28 yoshli yarim himoyachining Angliya amaldagi chempioni bilan shartnomasi 2030 yilga qadar amal qiladi.

Kiritildi: 05:10, 06.09.2026.
O'qildi: 1940 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик