Kirish Ro'yxatdan o'tish

De Dzerbi: «Natijadan xafaman, ammo o‘yinimizdan juda mamnunman»

De Dzerbi: «Natijadan xafaman, ammo o‘yinimizdan juda mamnunman»

Baho:
+ | -

«Tottenxem» bosh murabbiyi Roberto De Dzerbi APLning 3-turida «Nottingem Forest»ga qarshi 0:0 hisobida yakunlangan uchrashuvdan so‘ng fikr bildirdi. Bu «shporlar»ning joriy mavsumdagi ilk ochkosi bo‘ldi.

«Natijadan xafaman. Shu bilan birga, o‘yinimizdan juda mamnunman. Ayniqsa, biz ilk bor o‘tgan payshanba kuni, birinchi o‘yin oldidan birgalikda ishlashni boshlaganimizni hisobga olsak.

Biz yaxshi o‘ynadik. Endi oxirgi paslarda qaror qabul qilish sifatini yaxshilashimiz kerak», — deya mutaxassisning so‘zlarini Sky Sports keltirmoqda.

«Marmush zarba bergan vaziyatda Robertson uning orqasida mutlaqo bo‘sh edi va hujumga qo‘shilayotgandi.

Agar maydonning so‘nggi uchdan bir qismidagi yakuniy qarorlarimizni yaxshilasak, juda-juda ko‘p gol ura olamiz. Chunki tarkibimizda yuqori saviyali futbolchilar bor.

Hozir esa bu natijani qabul qilish biz uchun qiyin», — dedi De Dzerbi.

«Nottingem Forest» 2 ochko bilan 16-o‘rinda, «Tottenxem» esa bir pog‘ona pastda joylashgan.

Kiritildi: 08:35, 06.09.2026.
O'qildi: 650 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик