Kirish Ro'yxatdan o'tish

Levandovski ketma-ket ikkinchi o‘yinda gol va assist qayd etdi

Levandovski ketma-ket ikkinchi o‘yinda gol va assist qayd etdi

Baho:
+ | -

MLS doirasida "Toronto" va "Chikago Fayr" o‘rtasidagi sermahsul uchrashuv 4:4 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

"Chikago" hujumchisi Robert Levandovski mazkur bahsda ham samarali harakat qildi. 38 yoshli polyak bir marta raqib darvozasini ishg‘ol qilib, yana bir golga assistentlik qildi. U 63-daqiqada jamoasining to‘rtinchi golini urdi.

Shu tariqa, Levandovski ketma-ket ikkinchi o‘yinda 1+1 natijasini qayd etdi. U avvalgi turda "Sietl Saunders"ga qarshi 2:2 hisobida yakunlangan bahsda ham bir gol va bir assistga mualliflik qilgandi.

Levandovski joriy MLS mavsumida 8 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol va 2 ta golli uzatma qayd etgan.

"Toronto" safida esa Josh Sardjent xet-trikka erishdi. Derrik Etyenn qo‘shimcha vaqtda gol urib, mezbonlarni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi — 4:4.

Kiritildi: 09:58, 06.09.2026.
O'qildi: 1671 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик