Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya 4-0 Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

"Bavariya" futbolchisini Saudiya Arabistoniga sotishga urinmoqda

"Bavariya" futbolchisini Saudiya Arabistoniga sotishga urinmoqda

Baho:
+ | -

"Bavariya" Sasha Boeni sotish uchun faol harakat qilmoqda.

Yevropaning yetakchi chempionatlarida yozgi transfer oynasi yopilgan bo‘lsa-da, ayrim ligalarda, jumladan Saudiya Arabistonida transferlar hali ham amalga oshirilishi mumkin.

Yaqinda "Bavariya" sport direktori Kristof Froynd Boening klubni tark etish ehtimoli past ekanini aytgan edi. Uning ta’kidlashicha, agar futbolchi boshqa jamoaga o‘tmasa, myunxenliklar uni yana asosiy tarkibga qaytarishga harakat qiladi.

Jurnalist Kristian Falkning CFBayern Insider nashriga ma’lum qilishicha, "Bavariya" ayni paytda Boeni sotish bo‘yicha Saudiya Arabistoni klublari bilan muzokara olib bormoqda.

O‘ng qanot himoyachisining "Bavariya" bilan shartnomasi 2028 yilgacha amal qiladi. Futbolchining o‘zi ham Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishga qarshi emas.

Bugun myunxenliklar ushbu transferni amalga oshirishga ulgurgan-ulgurmagani ma’lum bo‘ladi.

Kiritildi: 10:21, 06.09.2026.
O'qildi: 984 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик